Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Apple M6 chipli iMacʼni 1499 dollarga taqdim etdi

Monoblok yangi protsessor, Wi-Fi 7 va tezlashtirilgan xotira qurilmalariga ega boʻldi

28-oktabr, 12:34По-русски

Read in English

Unsplash — Quaritsch Photography на unsplash

Apple iMacʼni yangilab, unga M6 protsessorini oʻrnatdi. Oldindan buyurtmalar 28-oktabrda ochiladi, sotuvlar esa 6-noyabrga rejalashtirilgan. AQShda bazaviy versiya 1499 dollar turadi.

Boshlangʻich konfiguratsiya 10 ta CPU yadrosi va 10 ta GPU yadrosi bilan jihozlangan. 12 yadroli markaziy va grafik protsessorlarga ega modelning narxi kamida 1699 dollarni tashkil etadi.

iMac 4,5K aniqlikdagi 24 dyuymli Retina ekranini va korpus rangining yetti xil variantini saqlab qoldi. Videqoʻngʻiroqlar uchun 12 megapikselli Center Stage kamerasi mavjud.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yangilanishlar qatoridan Wi-Fi 7, Bluetooth 6 va tezlashtirilgan SSDʼlar oʻrin olgan. Yuqori konfiguratsiyada toʻrtta Thunderbolt 4 porti hamda tezligi 2,5 Gbit/s gacha boʻlgan Ethernet opsiyasi mavjud.

Apple bayonotiga koʻra, ayrim vazifalarda grafik unumdorlik M4 chipli iMacʼga nisbatan ikki baravargacha, mahalliy sunʼiy intellektni qayta ishlash tezligi esa besh baravargacha oshgan. Bu natijalar ishlab chiqaruvchi testlarida olingan va dastur hamda yuklamaga bogʻliq.

Taqqoslash uchun, M4 chipli iMac sotuvga chiqqanida 1299 dollardan boshlangan edi. Shunday qilib, boshlangʻich narxlar oʻrtasidagi farq 200 dollarni tashkil etadi. Biroq bu bir xil jihozlangan kompyuterlar narxining emas, balki qatorga kirish narxining taqqoslanishidir.

Yana oʻqing