Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻyinlar

You Are Empty yaxshilanishlar bilan Steamʼga qaytdi

Shuterning qayta nashri zamonaviy tizimlarni qoʻllab-quvvatlashga ega boʻldi va 90 foiz ijobiy baho oldi

28-oktabr, 12:41По-русски

Read in English

store.steampowered.com — © 2026 Jordan Freeman Group (DBA: ZOOM Platform), BillionTech, and Strategy First. All Rights Reserved.

Steamʼda muqobil Sovet Ittifoqidagi falokat haqida hikoya qiluvchi shuterning yangilangan versiyasi — You Are Empty: Absolute Edition chiqdi. Reliz 27 oktabr kuni, original oʻyin chiqarilganiga yigirma yil toʻlishi munosabati bilan boʻlib oʻtdi.

Voqealar 1950-yillar Kiyev shahrida kechadi. Aholining katta qismi sirli ravishda gʻoyib boʻlgan, koʻchalarni esa mahluqlar egallagan. Oʻyinchi huvillab qolgan shaharni oʻrganib, yuz berayotgan voqealarning sabablarini aniqlashi kerak.

Qayta nashrdagi asosiy oʻzgarishlar texnik qismga taalluqli. Ishlab chiquvchilarning aytishicha, grafik xatolar va oʻyindan chiqib ketishlar tuzatildi, yuklanish tezlashtirildi hamda zamonaviy ekran aniqliklari qoʻllab-quvvatlandi. Interfeys, qurollar va videoroliklar tasvirni choʻzmasdan keng formatli ekranlarga moslashtirildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yutuqlar, geympad orqali boshqaruv, koʻrish burchagini sozlash va kadrlar chastotasi cheklagichi qoʻshildi. Rus tilidagi interfeys va ovozlashtirish ham mavjud.

Original oʻyinda harakatlanish sekin ekani haqidagi shikoyatlarga javoban sprint ham paydo boʻldi. Biroq mualliflar oʻyin dastlab yugurishga moʻljallanmaganidan ogohlantirmoqda, shu sababli bu funksiyani yoqish ayrim joylarda oʻtish surʼatini oʻzgartirishi mumkin.

Tekshiruv vaqtida Steam 166 ta sharh asosida 90 foiz ijobiy bahoni koʻrsatgan. 3DNews maʼlumotlariga koʻra, dastlabki xaridorlar atmosfera va nostalgiya taassurotlarini qayd etmoqda, biroq ayrimlar saqlanib qolgan texnik muammolardan shikoyat qilmoqda. Reyting hozircha kichik tanlovga asoslangan va oʻzgarishi mumkin.

Yana oʻqing