Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

United rahbari sunʼiy intellekt yordamida garovlar saytini yaratdi

Skott Kirbiga sunʼiy intellekt yordamida dastur yozishni boshlash uchun oʻqituvchi bilan uchta mashgʻulot kifoya qildi

28-oktabr, 14:16По-русски

Read in English

commons.wikimedia.org — Provided by United Airlines — Public domain

United Airlines bosh direktori Skott Kirbi sportga pul tikish uchun oʻz vositasini yaratganidan keyin sunʼiy intellektga munosabatini qayta koʻrib chiqqanini aytdi. U Cheeky Pint podkastida nega sunʼiy intellekt yordamida dastur yaratish ofis yordamchilarining odatiy funksiyalaridan koʻra oʻzi uchun foydaliroq boʻlganini tushuntirdi.

Kirbi hujjatlarni qayta bayon qilish va ish kuni boʻyicha qisqa xulosalar tuzishga shubha bilan qarashini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, oʻz taqvimini sunʼiy intellektsiz ham oʻqiy oladi. Unga ancha kuchliroq taassurot qoldirgani vayb-koding — sunʼiy intellektga matnli soʻrovlar yuborish orqali dastur yaratish boʻldi.

Avvaliga rahbar oʻqituvchi yollab, har biri bir soat davom etadigan uchta mashgʻulotda qatnashdi. Shundan soʻng u uzoq yillik qiziqishi — sportga pul tikish uchun veb-sahifani mustaqil yaratdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Kirbi loyiha ustida sport zalida ikki yarim soat mashq qilayotgan paytida, mashqlar orasida iPad orqali ishlaganini aytdi. U soʻrovlar kiritib, sport turi, sana va tikish variantini tanlash uchun bir nechta ochiluvchi menyuga ega sahifani bosqichma-bosqich yaratdi.

Uning taʼriflashicha, vosita toʻrtta bukmekerlik xizmatiga ulanadi, koeffitsiyentlarni taqqoslaydi va eng foydali variantni topadi. Summa kiritilgach, u foydalanuvchi nomidan garov tikishi ham mumkin.

Qisqa taʼlimdan soʻng bunday dasturni mustaqil yaratish imkoniyati Kirbi uchun aynan burilish nuqtasiga aylandi. U oʻsha kunning oʻzida jamoasi bilan bogʻlanib, bu texnologiyadan faolroq foydalanish niyatida ekanini maʼlum qildi.

Shu bilan birga, Kirbi intervyuda qaysi neyron tarmoq yoki dasturlash muhitini tanlaganini aniqlashtirmadi. Materialda koeffitsiyentlarni taqqoslash aniqligi, dasturning ishonchliligi va undan foydalanishning moliyaviy natijalari haqida ham maʼlumot yoʻq.

Yana oʻqing