Xitoyning oʻta maxfiy kosmoplani Yerga yaqin past orbitada yashirinib qololmadi
Amerikaning tijoriy sunʼiy yoʻldoshi 2024-yilda Xitoyning harbiy X-37B kosmoplaniga oʻxshash apparatini suratga oldi.

Suratda deltaga oʻxshash qanotlar, yuk boʻlinmasining qopqoqlari, toʻq rangli issiqlikdan himoyalovchi qoplama va quyosh panellariga ega xizmat moduli koʻrinadi. Tuzilishiga koʻra, apparat koʻp jihatdan Amerikaning X-37B kosoplanini takrorlaydi.
Sunʼiy yoʻldosh Vantor kompaniyasiga tegishli boʻlgan, bu kompaniya 2024-yilda Maxar nomi bilan tanilgan edi. Toʻliq hajmdagi surat dushanba kuni ommaga taqdim etildi: u AQSh Harbiy razvedka agentligining AQShga kosmosda tahdid soluvchi xatarlar haqidagi maxfiy boʻlmagan baholash hujjatiga kiritilgan.
Kosmoplanning vazifasi haqidagi yangi maʼlumotlar cheklangan. Xitoy 2020-yildan beri shunday toʻrtta missiyani uchirdi, ularning davomiyligi toʻqqiz oygacha yetgan. Toʻrtinchi missiya fevral oyida uchirilganidan keyin ham orbitada qolmoqda, biroq mamlakatda bunday apparatlardan bir dona yoki bir nechta borligi nomaʼlum.




