Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻyinlar

PlayStation haqidagi kitob anonsi Sonyʼning jismoniy tashuvchilarga munosabati borasida savollar uygʻotdi

Oldindan buyurtma berish allaqachon boshlangan: standart nashr $125, Deluxe nashri esa $325 turadi. Har ikki versiya noyabr oyida yetkazib berilishi kutilmoqda.

28-oktabr, 14:48По-русски

Read in English

Kitob PlayStation va oʻyinlar hamda xayoliy olamlar haqidagi premium kitoblarni nashr etuvchi Britaniyaning Read-Only Memory nashriyotining qoʻshma loyihasi boʻldi. Deluxe nashri 1994 nusxada chiqariladi.

400 sahifalik nashrga Sony arxividan olingan, konsolni ishlab chiqish bilan bogʻliq materiallar — prototiplar, eskizlar va modellar kiritilgan. Loyiha ishtirokchilari orasida PlayStation yaratuvchisi Ken Kutaragi, birinchi DualShock kontrolleri dizayneri Teiyu Goto va PS5 bosh dizayneri Yujin Morisava bor. Eʼlon qilingan suratlarda disk yuritkichlariga ega konsol va kontrollerlarning dastlabki versiyalari koʻrsatilgan.

Foydalanuvchilar Sony 2028-yildan boshlab konsollar uchun disklar ishlab chiqarishni qisqartirishga qaror qilgan bir paytda jismoniy kitob chiqarganini tanqid qildilar. Ken Kutaragi bu qarorni iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan deb atadi, PlayStationʼning sobiq rahbari Sean Leyden esa qayta sotish imkoniyatisiz xaridor oʻyinni oʻziniki deb hisoblay olmasligini bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing