RTX 5080 RTX 5090’ning boshlangʻich narxigacha qimmatlashdi
AQShda RTX 5080’ning 1800–1900 dollarlik versiyalari faqat olib ketish sharti bilan sotilmoqda, olib ketishsiz esa narxlar 2000 dollardan boshlanadi

Taxminan bir hafta avval videokarta sezilarli darajada qimmatlashdi. AQShda eng qimmat versiyalar allaqachon 2500 dollarga deyarli yetib qoldi, Yevropada ham narxlar shunga yaqin, faqat hisob-kitob yevroda amalga oshiriladi.
Nvidia RTX 5090 uchun tavsiya etilgan narxni 2000 dollar qilib belgilagan. Kompaniya rasmiy narxlar roʻyxatini bozorning amaldagi narxlaridan farq qilgan taqdirda ham qayta koʻrib chiqmaydi.
RTX 5090 bir necha haftadan beri doʻkon peshtaxtalarida yoʻq. Nvidia ishlab chiqarish toʻxtatilganini rad etmoqda, biroq hozircha vaziyat oydinlashgani yoʻq. Shunga qaramay, AQShda bu videokartalarni 5500–6000 dollarga topish mumkin.
Hech boʻlmaganda vaqtincha RTX 5080 Nvidiaʼning, jumladan narxi boʻyicha ham, flagmani vazifasini bajarmoqda. Uning tavsiya etilgan narxi 1000 dollar, biroq hozir hatto RTX 5070 Tiʼni ham shunday summaga sotib olib boʻlmaydi. RTX 5070 va RTX 5060 Ti 16GB esa bu chegaraga allaqachon yaqinlashgan.





