Oʻzbekiston Soliq qoʻmitasi Governful bilan sunʼiy intellektni muhokama qildi
Samarqanddagi «C5+1» forumi doirasida AQSh kompaniyasi vakili Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Soliq qoʻmitasi mutaxassislari sunʼiy intellekt texnologiyalariga ixtisoslashgan AQShning Governful kompaniyasi loyihalar boʻyicha global rahbari Neyt Benson bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvning asosiy mavzulari soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirish va sunʼiy intellektdan foydalanish istiqbollari boʻldi. Idora vakillari oʻz faoliyatida allaqachon qoʻllanayotgan yechimlar haqida maʼlumot berdi.
Muzokaralarda Soliq qoʻmitasi raisining maslahatchisi A. Elmuradov, departament direktori F. Ahmedjanov hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar ishtirok etdi. Idora xabariga koʻra, Benson Samarqandda oʻtkazilgan «C5+1» forumi doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Governful vakili kelgusidagi hamkorlikka qiziqish bildirdi.



