PlayStation Plusʼning bepul oʻyinlari roʻyxati rasman eʼlon qilindi
3–30 noyabr kunlari toʻplam obunachilar uchun ochiq boʻladi: Dead Island 2 PS4 va PS5 uchun, Monster Train 2 esa faqat PS5 uchun taqdim etiladi.

Dead Island 2 oʻyinida voqealar zararlangan Los-Anjelesda kechadi. Oʻyinchilarni shafqatsiz yaqin janglar va uch kishilik hamkorlikdagi oʻyin kutmoqda.
Lara Kroftning uchta sarguzashti — The Last Revelation, Chronicles va The Angel of Darkness — Tomb Raider IV–VI Remastered toʻplamiga jamlangan. Grafikani asl yoki yangilangan koʻrinishda istalgan vaqtda tanlash mumkin.
Monster Train 2 — farishtalar va jinlar titanlarga qarshi kurashadigan ittifoq haqidagi kartali roguelike oʻyin. PlayStation Plus aʼzolari 2 noyabrgacha oktabr oyidagi oʻyinlarni kutubxonasiga qoʻshib olishlari mumkin: F1 25, Hunt: Showdown 1896 va Earth Defense Force: World Brothers 2.




