Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Google zaifliklarni aniqlash uchun Gemini 4 Carbon modelini taqdim etdi

Avval undan kiberxavfsizlik boʻyicha cheklangan guruh mutaxassislari foydalanadi, keyin model ishlab chiquvchilar va boshqa ishonchli hamkorlar uchun ochiladi

29-oktabr, 11:17По-русски

Read in English

storage.googleapis.com — Источник изображения: Google

Google murakkab muhandislik vazifalari va kiberxavfsizlik uchun moʻljallangan yangi sunʼiy intellekt modeli — Gemini 4 Carbonʼni taqdim etdi. U ikki hafta avval chiqarilgan Gemini 4 Argon turkumining davomi hisoblanadi. Dastlab axborot tizimlarini himoya qilish boʻyicha cheklangan guruh mutaxassislari modeldan foydalanish imkoniga ega boʻladi.

Model zaifliklar bilan ishlashning bir necha bosqichiga moʻljallangan: xatoni aniqlash, undan foydalanish mumkinligini tekshirish va xatoning sababini bartaraf etish. Bunday yondashuv nafaqat koddagi shubhali qismlarni topish, balki ishlab chiquvchilarga qaysi muammolarni birinchi navbatda tuzatish kerakligini aniqlashda ham yordam beradi.

Google eʼlon qilgan natijalarga koʻra, Carbon zaifliklarni aniqlash boʻyicha SEC-bench Pro testida 88,2 foiz, ulardan foydalanish mumkinligini tekshirish boʻyicha ExploitGym testida 54,8 foiz va tuzatishlarni tayyorlash boʻyicha CWE-bench testida 71 foiz natija koʻrsatdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Kompaniya dasturlash va koʻp bosqichli vazifalarni bajarishda ham yaxshilanishlar kuzatilganini bildirdi. Googleʼning ichki baholariga koʻra, Argon bilan taqqoslaganda xavfsiz kodni muvaffaqiyatli generatsiya qilish ehtimoli ikki baravardan koʻproqqa oshdi. Sinovlar davomida tasdiqlanmagan bayonotlar soni taxminan ikki baravarga kamaydi.

Fairwind dasturi orqali foydalanish imkoniyati bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Shundan soʻng Google modelni ishlab chiquvchilar, kompaniyalar va oddiy foydalanuvchilarga taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Dastlabki davr uchun tariflar kiruvchi tokenlarning har bir millioni uchun $2 va chiquvchi tokenlarning har bir millioni uchun $10 etib belgilangan. Keyinroq narxlar mos ravishda $4 va $20 gacha oshadi.

Yana oʻqing