Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

Reddit aksiyalari savdo prognozi zaifligi va tizimga kirish talabini sinab koʻrish rejalari fonida pasaydi

Reddit uchinchi chorakda 895 mln dollar daromad oldi, biroq keyingi chorak uchun savdo prognozi tahlilchilar kutganidan past boʻldi.

30-oktabr, 14:41По-русски

Read in English

Unsplash — Brett Jordan

Reddit platformadan foydalanish uchun akkauntga majburiy kirish talabini sinab koʻrishni rejalashtirmoqda. Kompaniya rahbari Stiv Xaffman bu haqda 2026 yilning uchinchi choragi hisobot eʼlon qilingach, CNBC telekanaliga maʼlum qildi. Sinovlar toʻrtinchi chorakda AQShdan tashqarida boshlanadi.

Bu oʻzgarish muhokamalarni roʻyxatdan oʻtmasdan oʻqish imkoniyatiga taʼsir qilishi mumkin. Reddit hozircha akkauntga kirmagan foydalanuvchilar uchun qaysi boʻlimlar va materiallar ochiq qolishini aniqlamoqda. Kompaniya yangi qoidalarni toʻliq joriy etish muddatlarini maʼlum qilmadi.

Googleʼdan kelayotgan tashriflar kamaydi

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Xaffmanning soʻzlariga koʻra, uchinchi chorakda Google qidiruvidan Redditʼga oʻtishlar sezilarli darajada qisqargan. U buni qidiruv interfeysining oʻzida javob olish imkonini beruvchi AI Mode va AI Overviews funksiyalarining rivojlanishi bilan bogʻladi.

Reddit rahbari yuz berayotgan holatni qidiruv algoritmlari yangilangandan keyingi odatiy tebranishlarga qaraganda jiddiyroq oʻzgarish deb hisoblaydi. Endi kompaniya Redditʼni toʻgʻridan-toʻgʻri ochadigan, ilovadan foydalanadigan va oʻz akkauntlariga kiradigan foydalanuvchilarga koʻproq eʼtibor qaratmoqchi.

Bunday auditoriya biznes uchun ayniqsa muhim: roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar platforma bilan faolroq muloqot qiladi va reklama orqali monetizatsiya qilish uchun qulayroqdir. Reddit qidiruvdan keladigan tashriflar kamayishini qoplash uchun marketingka sarmoya kiritishni ham davom ettiradi.

Auditoriya kutilganidan sekinroq oʻsmoqda

Redditʼning oʻrtacha kunlik faol noyob foydalanuvchilari soni yiliga nisbatan 12 foizga oshib, 130,3 mln nafarga yetdi. Biroq tahlilchilar 133,7 mln nafar boʻlishini kutgan edi. AQShda bu koʻrsatkich 2 foizga kamayib, 50,7 mln nafarga tushdi.

Shu bilan birga, moliyaviy natijalar prognozlardan yuqori boʻldi: choraklik daromad 53 foizga oshib, 895 mln dollarni tashkil etdi. Tahlilchilar esa 878 mln dollarni kutgan edi. Bir aksiya uchun foyda prognozdagi 1,35 dollarga qarshi 1,40 dollar boʻldi.

Investorchilarni keyingi chorak boʻyicha kutilmalar hafsalasini pir qildi. Reddit daromad 1 mlrd dollardan 1,03 mlrd dollargacha boʻlishini prognoz qilmoqda, tahlilchilar esa 1,05 mlrd dollarni kutgan edi. Natijalar eʼlon qilinganidan keyin kompaniya aksiyalari qoʻshimcha savdolarda 15 foizdan koʻproqqa tushdi.

Google bilan muzokaralar davom etmoqda

Shu bilan birga, Reddit Google bilan maʼlumotlarni keyinchalik litsenziyalash shartlarini muhokama qilmoqda. Xaffmanning aytishicha, kompaniya faqat oʻz manfaatlariga javob beradigan bitimga rozi boʻladi.

Maʼlumotlarni litsenziyalash ham kiradigan boshqa daromad segmenti Redditʼga chorak davomida 48 mln dollar keltirdi — bu bir yil avvalgidan 35 foiz koʻp. Platformaning bu yoʻnalishdagi eng yirik hamkorlari Google va OpenAI hisoblanadi.

Yana oʻqing