Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Honda choʻl poygalari uchun 1300 ot kuchiga ega gibrid yaratdi

Passport Baja Spec poyga prototiplari texnologiyalarini va sunʼiy intellekt yordamida quvvatni boshqarish tizimini oldi

30-oktabr, 14:21По-русски

Read in English

Honda Racing 1300 ot kuchidan ortiq quvvatga ega Passport Baja Spec gibrid poyga yoʻltanlamasini taqdim etdi. Avtomobil SCORE World Desert Championship chempionatining Trophy Truck yuqori klassi uchun Mason Motorsports bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Honda bayonotiga koʻra, u ushbu klassda qatnashadigan ilk gibrid boʻladi.

Bu yerda seriyali Passport modelidan faqat nomi va kuzovning ayrim tanish jihatlari qolgan. Karbon panellar ostida yuqori tezlik va choʻl poygalarining ogʻir sharoitlariga moʻljallangan maxsus toʻliq yuritmali shassi yashiringan.

Chidamlilik poygalari tajribasiga ega dvigatel

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Kabina ortiga ikkita turbokompressorga ega 2,4 litrli V6 dvigatel oʻrnatilgan. U Acura ARX-06 prototipi dvigateli asosida yaratilgan. Bu oilaga mansub kuch qurilmasi avval Daytona va Sebring poygalarida gʻalaba qozongan.

Passport Baja Specʼda dvigatel HRCning oʻziga tegishli 800 voltli gibrid tizim bilan birga ishlaydi. Honda maʼlumotiga koʻra, umumiy quvvat yetakchi raqiblar foydalanadigan 9 litrli atmosferali V8 dvigatellari quvvatidan oshadi.

Batareya karbon korpusga joylashtirilgan boʻlib, unda Formula-1 texnologiyalarining avvalgi avlodida qoʻllangan turdagi paketli yacheykalardan foydalaniladi. Uni yigʻish va tekshirish HRC shtab-kvartirasining Santa-Klaritadagi toza xonasida amalga oshiriladi.

Elektronika tortish kuchi va energiyani boshqaradi

Yoʻltanlamas ikkala oʻqda ham elektron tormoz boshqaruvi, moslashuvchan tortish kuchi nazorati hamda Honda sunʼiy intellektdan foydalangan holda quvvat uzatishni boshqarish deb ataydigan tizim bilan jihozlangan.

Kompaniyaning dasturiy taʼminoti kuch qurilmasi, shassi va energiya boshqaruvini birlashtiradi. Sozlamalarni poyga vaqtida oʻzgartirish mumkin.

Dvigatel Masonning besh pogʻonali transmissiyasiga ulangan. Orqa yuritmada odatiy markaziy bosh uzatma sxemasi oʻrniga ikkita alohida kardan vali va gʻildiraklar yonidagi burchakli reduktorlardan foydalaniladi. Old qismda yoʻl klirensini oshiradigan portal gʻildirak reduktorlari oʻrnatilgan.

Qariyb 550 litr yonilgʻi

Kabinaning markazida hajmi qariyb 549 litr boʻlgan uglerod tolasi va kevlar aralashmasidan tayyorlangan yonilgʻi baki joylashgan. Bunday joylashtirish yonilgʻi sarfining avtomobil muvozanatiga taʼsirini kamaytirishga qaratilgan. Batareyalar va massasi doimiy boʻlgan boshqa komponentlar orqa qismga yaqinroq surilgan.

Notekis hududlarda harakatlanish uchun katta yurish zaxirasiga ega osma, har bir gʻildirakda ikkitadan FOX amortizatori va Toyo shinalari koʻzda tutilgan. Karbon kuzov panellari nafaqat massani kamaytiradi: kanallar va kabina shakli havoni sovitish elementlari tomon yoʻnaltiradi.

Passport Baja Spec 3–6 noyabr kunlari SEMA koʻrgazmasida jamoatchilikka namoyish etiladi. Poygadagi debyut 2027 yil 2–6 iyun kunlari boʻlib oʻtadigan Baja 500 musobaqasiga rejalashtirilgan. Rulga Baja 1000 musobaqasining ikki karra gʻolibi Brays Menzis oʻtiradi, dasturning asosiy maqsadi esa Baja 1000 umumiy hisobida gʻalaba qozonishdan iborat boʻladi.

Yana oʻqing