Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Gemini hujjatlarni bevosita chatda tahrirlashni oʻrgandi

Geminiʼda mazmunning bir qismini belgilab, u haqida savol berish va sunʼiy intellektdan unga oʻzgartirish kiritishni soʻrash mumkin — masalan, jadvalni grafikaga aylantirish.

1-noyabr, 14:00По-русски

Read in English

daily_creativity / Shutterstock.com

Google Geminiʼga neyrotarmoq bilan yozishma davomida fayllarni bevosita koʻrish va tahrirlash imkoniyatini qoʻshdi. Endi yaratilgan hujjatni alohida ilovaga oʻtmasdan, oʻsha interfeysning oʻzida takomillashtirish mumkin.

Fayl toʻliq ekran rejimida ochiladi va foydalanuvchi undagi matnni mustaqil ravishda oʻzgartirishi mumkin. Yana bir variant — kerakli parchani belgilab, Geminiʼdan uni qayta ishlashni, vizual elementlarni oʻzgartirishni yoki mazmuni haqida savolga javob berishni soʻrash.

Google namoyishida neyrotarmoq yuklangan qoʻlyozma konspektlar asosida PDF formatida oʻquv qoʻllanma yaratadi. Shundan soʻng foydalanuvchi natijani tahrirlaydi va chat orqali ayrim boʻlimlarga aniqlik kiritadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

PDF fayllarini koʻrish va tahrirlash imkoniyati veb-versiyada hamda mobil qurilmalarda mavjud. Google Docs, Google Sheets, taqdimotlar, Markdown va TXT fayllari, shuningdek, dasturiy kod bilan ishlash hozircha faqat brauzerda qoʻllab-quvvatlanadi.

Google maʼlumotiga koʻra, yangi imkoniyatlar Gemini ilovasi qoʻllab-quvvatlaydigan barcha tillarda barcha foydalanuvchilar uchun mavjud.

Yana oʻqing