Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Starbucks avtomobillardan buyurtma qabul qilishda sunʼiy intellektni sinovdan oʻtkazadi

Kompaniya bosh direktori Brayan Nikkolning soʻzlariga koʻra, texnologiya baristalarga mijozlar bilan muloqotdan chalgʻimagan holda buyurtmalarni aniqroq va tezroq qabul qilishga yordam berishi kerak.

31-oktabr, 13:00По-русски

Read in English

Starbucks avtomobilda xizmat koʻrsatish nuqtalarida — drive-thruʼda — sunʼiy intellektni sinovdan oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Nikkol choraklik natijalar muhokamasi chogʻida maʼlum qildi.

Sunʼiy intellekt fon rejimida ishlaydi va xodimlarga buyurtmalarni aniqroq hamda tezroq kiritishda yordam beradi. Kompaniya baristalarning ish yukini kamaytirib, ularga tashrif buyuruvchilar bilan suhbatga koʻproq eʼtibor qaratish imkonini berishni kutmoqda.

Nikkolning soʻzlariga koʻra, sinovlar 2027-moliya yilida boshlanadi. Hozircha gap texnologiyani butun tarmoqqa joriy etish haqida emas, balki uni sinab koʻrish haqida bormoqda.

Bundan tashqari, Starbucks xizmat koʻrsatish vaqtida sodiqlik dasturi ishtirokchilarini tanib olish imkoniyatini oʻrganmoqda. Bu kompaniya oʻz qahvaxonalarida koʻrib chiqayotgan texnologik oʻzgarishlarning yana bir yoʻnalishidir.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing