Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻyinlar

Warframe ijodkorlarining Soulframe oʻyini 6-noyabrdan hamma uchun ochiladi

Windows PC foydalanuvchilarining barchasi Open Preludes ochiq alfa-test doirasida Soulframeʼni bepul sinab koʻrishi mumkin boʻladi. Noyabr oyining keyinroq qismida yangi hududlar va oʻyindagi ilk miniladigan jonzotni qoʻshuvchi Verse of the Veilands yangilanishi chiqadi.

2-noyabr, 10:58По-русски

Read in English

polygon.com — Digital Extremes

Digital Extremes 6-noyabr kuni Soulframeʼga barcha istaganlar uchun kirish imkonini ochadi. Fantastik rolli oʻyinning testdan oʻtkazilayotgan yangi bosqichi Open Preludes deb nomlandi. Avval oʻyinga kirish uchun taklifnoma kerak edi.

Oʻyinni Windows kompyuter egalari sinab koʻrishi mumkin. Buning uchun Soulframeʼning rasmiy saytida roʻyxatdan oʻtish va kompaniyaning maxsus launcherini yuklab olish kerak. Ushbu bosqichda oʻyin Steamʼda paydo boʻlmaydi.

Noyabr oyining keyinroq qismida ishlab chiquvchilar Verse of the Veilands nomli yirik yangilanishni chiqarishni rejalashtirmoqda. U ochiq dunyodagi rivojlanish tizimini oʻzgartiradi va ilk miniladigan jonzotni qoʻshadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Oʻyinchilar hududlarni buzgʻunchi kuch taʼsiridan tozalab, atrof-muhitni bosqichma-bosqich tiklashi kerak boʻladi. Ikki hudud tozalangach, Omen Wolf nomli boʻrini oʻstirish va oʻrgatish imkoniyati paydo boʻladi. U sayohatlar vaqtida hamrohga aylanadi.

Kreativ direktor Jeff Kruksning soʻzlariga koʻra, miniladigan hayvonlar va dunyoni rivojlantirish tizimlarining paydo boʻlishi test jarayonini kengaytirish uchun ayni vaqtni yuzaga keltirgan. Jamoa yangi mexanika va allaqachon yaratilgan kontent haqidagi fikr-mulohazalarni yigʻishni rejalashtirmoqda.

Soulframeʼga Bitaʼs Eve tadbiri ham qaytdi. U boshsiz chavandoz — Veltrusku mini-bossini va yangi Sunken Terror baliqini qoʻshadi.

Open Preludes hali ham ilk alfa-versiya boʻlib qolmoqda: oʻyin ishlab chiqilishda davom etmoqda. Toʻliq reliz sanasi hozircha eʼlon qilinmagan.

Yana oʻqing