Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

DeepSeek dasturlash uchun ochiq Super-Agentni taqdim etdi

DeepSeek dasturlash uchun ochiq Super-Agent prototipini taqdim etdi. U maxsus soʻrovsiz guruh chatlarini koʻzdan kechiradi, koddagi muammolar muhokama qilinayotganini aniqlaydi va yechim variantlarini taklif qiladi.

2-noyabr, 16:32По-русски

Read in English

Loyiha bilan shu yil boshida kod yozish vazifalarini bajaradigan sunʼiy intellekt agentlarini rivojlantirish uchun tuzilgan DeepSeek Harness jamoasi shugʻullanadi. GitHubʼdagi hujjatlarda mualliflar Super-Agentning vazifasini inson ishtirokini kamaytirish va vositadan maksimal darajada foydalanish sifatida belgilagan.

Super-Agent katta til modellari asosida qurilgan dasturiy karkasdan iborat. Bunday yechimlar murakkab vazifalarni, jumladan, kod ustida ishlashni optimallashtirishni bajarishda sunʼiy intellekt agentlarining imkoniyatlarini kengaytiradi.

Soʻnggi moliyalashtirish bosqichida DeepSeek qariyb 100 mlrd yuan ($15 mlrd) jalb qildi. Ushbu bosqich kompaniya aksiyalarini rejalashtirilayotgan birlamchi ommaviy joylashtirishdan oldin oʻtkazildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing