Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻyinlar

Sony GTA 6 chiqishidan oldin PS5 himoyasini yana yangiladi

14.22 proshivkasi xavfsizlik tuzatishlarini oʻz ichiga oladi. Sony tafsilotlarni oshkor etmayapti

2-noyabr, 17:06По-русски

Read in English

SolidMaks / shutterstock

Sony PlayStation 5 tizim dasturiy taʼminotining 26.07-14.22.00 raqamli yangilanishini chiqardi. IGN maʼlumotiga koʻra, proshivka 2 noyabrda foydalanish uchun taqdim etilgan, uni yuklab olish hajmi esa taxminan 1,27 GBni tashkil etadi.

Oʻzgarishlarning rasmiy tavsifi xavfsizlik tuzatishlari bilan cheklangan. Unda foydalanuvchilar uchun yangi funksiyalar sanab oʻtilmagan.

Bundan avvalgi 14.20-versiya 21 oktabrda chiqqan. Oʻshanda Sony xabarlar hamda ayrim ekranlardan foydalanish qulayligi yaxshilangani haqida maʼlum qilgan, biroq himoyadagi oʻzgarishlarni tilga olmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

IGN bu tez-tez chiqayotgan yangilanishlarni PS5’ni modifikatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi hamjamiyatning faolligi fonida koʻrib chiqmoqda. Sentabr oxirida avvalgi proshivkalarning bir qator versiyalari uchun buzib kirish vositalari, jumladan PS5 Pro bilan mos keladiganlari paydo boʻldi. Shundan soʻng ayrim oʻyinlar yangilanishlarni yuklab olish uchun tizimning yangiroq versiyasini talab qila boshladi.

Konsol himoyasiga qoʻshimcha eʼtibor qaratilayotgani Grand Theft Auto VI chiqish sanasi yaqinlashayotgani bilan bogʻliq. Oʻyin 2026-yil 19-noyabrda PS5 va Xbox Series X|S uchun chiqarilishi rejalashtirilgan. Hamjamiyatda uni ishga tushirish uchun qaysi proshivka kerak boʻlishi muhokama qilinmoqda, biroq rasmiy talablar hozircha eʼlon qilinmagan.

Tizimdagi zaiflikning oʻzi aniqlangani u orqali istalgan oʻyinlarning norasmiy nusxalarini ishga tushirish mumkinligini anglatmaydi. Muayyan buzib kirish usullarining imkoniyatlari bir-biridan farq qiladi, Sony esa tuzatishlarni chiqarishda davom etmoqda.

Yana oʻqing