Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

YI rahbari Yevropa yetakchilarini AI boʻyicha norasmiy YI sammitiga taklif qildi

Yevropa kengashi raisi Antoniu Kosta YI davlatlari yetakchilarini 13-noyabr kuni Dublinda oʻtadigan norasmiy uchrashuvga taklif qildi. Muhokamaning markazida AI boʻladi.

4-noyabr, 14:29По-русски

Read in English

commons.wikimedia.org — European Union

Uchrashuvda ishtirokchilar ikki ekspertni tinglab, Yevropaning global sunʼiy intellekt sohasidagi roli, raqobatbardoshlik va «AI sohasidagi suverenitet»ni muhokama qiladilar. Birinchi boʻlib Mistral AI bosh direktori Artur Mensh soʻzga chiqadi.

Shundan soʻng Nobel mukofoti laureati, professor Jeffri Hinton sunʼiy intellektning jamiyatga taʼsiri, xavfsizlik va texnologiyalarga ishonch haqida soʻzlaydi. Kun tartibidan, shuningdek, bolalarni himoya qilish, fundamental huquqlar, demokratik institutlar faoliyati, bozor konsentratsiyasi va kiberxavfsizlik masalalari oʻrin oladi.

27 davlat formatidagi ishchi tushlikda yetakchilar Yevropaning sunʼiy intellekt sohasidagi keyingi qadamlari yuzasidan fikr almashadilar.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing