Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Fan

Lityumsiz batareya 93 ming siklga chidadi — hozircha laboratoriyada

Xitoylik tadqiqotchilar uglerod nanonaychalari yordamida rux-yod akkumulyatorining xizmat muddatini uzaytirdi. Biroq kattaroq prototip hozircha atigi 350 siklda sinovdan oʻtkazildi

5-noyabr, 14:45По-русски

Read in English

upload.wikimedia.org — Altynay N Zhumabekova / Wikimedia Commons

Jilin universiteti va Changchun amaliy kimyo instituti olimlari suvli rux-yod akkumulyatori uchun sigʻimning kamayishini sekinlashtirishga yordam beradigan katod ishlab chiqdi.

Bunday batareyalardagi muammolardan biri — yodning eruvchan birikmalarining elektrodlar oʻrtasida koʻchishidir. Bu «shattl effekti» energiya yoʻqotilishiga olib keladi va akkumulyator degradatsiyasini tezlashtiradi.

Tadqiqotchilar uglerod nanonaychalari yuzasini oʻzgartirib, unga gidroksil guruhlarini qoʻshdi. Ular yod birikmalarini katodda ushlab turishga va ularning elektrolit orqali koʻchishini cheklashga yordam beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Bir laboratoriya sinovida akkumulyator 10 mingdan ortiq sikldan keyin dastlabki sigʻimining 89,34 foizini saqlab qoldi. Boshqa sinovda, tok zichligi oshirilganda, sikllar soni 93 400 taga yetdi. Bular sinovning turli rejimlaridir: koʻrsatkichlarni birlashtirib, 93 ming sikldan keyin sigʻimning 90 foizi saqlanadi, deb vaʼda qilib boʻlmaydi.

Jamoa, shuningdek, tarkibida 150 mg yod boʻlgan kattaroq prototipni yigʻdi. Taxminan 1,1 V kuchlanishda uning amaldagi sigʻimi 23,8 mA·soatni tashkil etdi. 350 sikldan keyin u dastlabki sigʻimining 91,7 foizini saqlab qoldi.

Natijalar ushbu yondashuv istiqbolli ekanini koʻrsatadi, biroq hozircha tijoriy batareyaning xizmat muddatini tasdiqlamaydi. Amaliy qoʻllashgacha texnologiyani keng miqyosga chiqarish va uning real sharoitlardagi ishlashini tekshirish kerak.

Yana oʻqing