Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Fan

Ikki yil oʻrniga qariyb 22 yil: Swift kosmik observatoriyasi Yer atmosferasidagi parvozini yakunladi

NASAning Swift observatoriyasi kosmik portlashlarni qariyb 22 yil davomida tadqiq qilganidan soʻng, 4 noyabr kuni atmosferaga kirdi. Uni alohida kosmik apparat yordamida yuqoriroq orbitaga olib chiqish urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

5-noyabr, 17:02По-русски

Read in English

3dnews.ru — nasa.gov

Swift Janubi-Sharqiy Osiyo ustida orbitadan chiqdi. Apparatning katta qismi atmosferada yonib ketishi kutilgandi, biroq ayrim qismlari Yer yuzasiga yetib kelishi mumkin edi. Hozircha topilgan qoldiqlar haqida tasdiqlangan maʼlumotlar yoʻq.

Observatoriya 2004 yil noyabrida uchirilgan. Dastlab uning missiyasi atigi ikki yilga moʻljallangan edi, biroq apparat qariyb 22 yil ishladi. Uchta ilmiy asbob gamma chaqnashlari va ularning keyingi nurlanishini turli nurlanish diapazonlarida oʻrganish imkonini bergan.

Swiftning oʻziga xos jihati uning tezkor javob berish qobiliyati edi: observatoriya chaqnash joylashuvini tezda aniqlab, koordinatalarni boshqa teleskoplarga uzatardi. Bu olimlarga osonlikcha koʻzdan qochib ketishi mumkin boʻlgan qisqa muddatli hodisalarni kuzatishga yordam bergan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Quyosh faolligi kuchaygan davrda atmosferaning tormozlovchi taʼsiri ham ortib, apparat orbitasi asta-sekin pasayib bordi. Yozda Swiftga Katalyst Space Technologies kompaniyasining LINK robotlashtirilgan apparati yuborildi. U observatoriyani yuqoriroq orbitaga koʻtarishi kerak edi. Biroq texnik nosozliklar qutqaruv operatsiyasini barbod qildi.

Ilmiy kuzatuvlar oktabr oyida yakunlandi. Endi missiya tadqiqotchilarning toʻplangan maʼlumotlar arxivi bilan ishlashi orqali davom etadi.

Yana oʻqing