Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Nintendo narxlarni oshirgach, Switch 2 savdosi qariyb 40 foizga tushdi

Nintendo moliya yilining dastlabki ikki choragida 6.49 mln dona Switch 2 sotdi — bu oʻtgan yilgidan qariyb 40 foiz kam. Pasayish xotira qimmatlashgani sabab narx oshirilganidan keyin yuz berdi.

5-noyabr, 19:44По-русски

Read in English

Oʻtgan yilning shu davrida kompaniya 10.36 mln dona konsol sotgan edi. Nintendo yangi oʻyinlarning chiqishi va platformani rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa omillar talabni hanuz qoʻllab-quvvatlaganini taʼkidladi.

Konsol may oyi boshida AQShda 50 dollarga qimmatlab, 500 dollargacha oshdi. Kompaniya bunga xotira narxining koʻtarilishi va AQSh tariflarini sabab qilib koʻrsatdi. Hisobot narx oshirilishidan oldin boshlangan davrni qamrab oladi.

Qurilma savdosi qisqarganiga qaramay, Nintendo joriy moliya yilida Switch 2 boʻyicha prognozini saqlab qoldi. Sof foydaning oʻsishiga oʻyinlarning kuchli savdosi va Super Mario haqidagi yangi filmning muvaffaqiyati turtki berdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing