Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt jinoyatchilikni baholashga yordam beradi — aholining xavfsizlikni qanday his qilishi ham hisobga olinadi
Mamlakatda kriminogen barqarorlik indeksini joriy etish rejalashtirilmoqda. Unda qayd etilgan jinoyatlardan tashqari, yashirin jinoyatchilik hamda aholining oʻzini qanchalik xavfsiz his qilishi hisobga olinadi

Taqdimotda 2014-yildan beri amalda boʻlgan qonunning yangilangan varianti taqdim etildi. Unda komissiyaning vazifalarini belgilash, idoralararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda sodir etilgan huquqbuzarliklarga munosabat bildirish oʻrniga tahdidlarni erta aniqlash va bartaraf etish nazarda tutilmoqda.
Hozirda profilaktika ishlari bilan 14 ta davlat organi shugʻullanadi, ularning vazifalari ayrim hollarda takrorlanadi. Tizimga yana yetti nafar ishtirokchini qoʻshish taklif qilinmoqda. Prezident kengaytirishni asoslash, shuningdek, organlar oʻrtasida vakolat va masʼuliyatni taqsimlashni talab qildi.
Baholash faqat statistikaga asoslanmaydi: fuqarolarning xavfsizlikni qanday qabul qilishi va yashirin jinoyatchilik ham hisobga olinadi. Buning uchun kriminogen maʼlumotlarning yagona bazasi yaratiladi, xavflarni aniqlash va prognoz qilishda sunʼiy intellektdan foydalaniladi hamda kriminogen xaritalar tayyorlanadi.





