Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Barmoqdagi ekran va joystik: Aina sunʼiy intellektni boshqarish uchun uzukni namoyish etdi

AI Ring uzugi mikrofon, dinamik va kichik displey bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchi undan AI-agentlarga ovozli soʻrovlar yuborish, diktovka qilish va ulangan qurilmalarni boshqarish uchun foydalanishni taklif qilmoqda

6-noyabr, 12:09По-русски

Read in English

Aina startapi AI Ring — raqamli qurilmalar va sunʼiy intellekt yordamchilari bilan ishlashga moʻljallangan aqlli uzukni taqdim etdi. Bunday gadjetlarda odatda asosiy eʼtibor sogʻliqni kuzatishga qaratilsa, ishlab chiquvchilar bu safar ilovalarni boshqarishga urgʻu bergan.

Kompaniya bayonotiga koʻra, oʻrnatilgan mikrofon orqali qaydlar yozdirish, eslatmalar yaratish va AI-agentlarga soʻrovlar yuborish mumkin. Mac kompyuterlari uchun Wispr Flow yoki Ainaʼning oʻz nutqni tanish tizimi orqali diktovka qilish imkoniyati koʻzda tutilgan.

Kichik ekran bildirishnomalar va ilovalar haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi. Navigatsiya uchun joystik mavjud, imo-ishoralarga esa turli amallarni biriktirish mumkin. Kompaniya sanab oʻtgan foydalanish holatlari qatoriga musiqa, Apple TV, mikrofon hamda videokonferensiyalar paytida kamerani boshqarish kiradi. Mikrofon va dinamik ulangan smartfon orqali telefon qoʻngʻiroqlarini amalga oshirish uchun ham moʻljallangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Aina asoschisi Apurv Shankar qurilma gʻoyasini topshiriqlarni AI-agentlarga tezroq yuborish va ularning amallarini tasdiqlash zarurati bilan izohladi.

Dastlabki oldindan buyurtma narxi 399 dollarni tashkil etadi, keyinroq uni 499 dollargacha oshirish rejalashtirilgan. Kompaniya ilk yetkazib berishni 2027-yil yanvarida boshlashni moʻljallamoqda.

Yana oʻqing