Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avto

McLaren MCL41 poygalargacha sotilgan ikkinchi Formula-1 bolidiga aylanadi

McLaren va RM Sothebyʼs ikkita MCL41 shassisidan birini uning Formula-1’dagi debyutidan oldin auksionga qoʻyadi. Xaridor avtomobilni 2027-yilgi mavsumdan keyin oladi.

21-noyabr, 10:37По-русски

Read in English

queen-of-motorsport.com

Auksion 9-dekabr kuni Abu-Dabidagi Saadiyat Grove Experience Center markazida, Yas Marina trassasidagi mavsumning soʻnggi poygasidan keyin oʻtkaziladi. Bolidning oʻzi savdoda namoyish etilmaydi: sotuv vaqtiga kelib u hali ommaga taqdim etilmagan boʻladi.

Gʻolib Lando Norris yoki Oscar Piastri poygaga chiqadigan shassisni tanlashi mumkin. Har ikki poygachi keyingi mavsumda ham McLaren safida qoladi. Jamoa avval avtomobildan chempionatda foydalanadi, keyin esa uni egasiga topshiradi.

MCL41 Formula-1’ning yangi qoidalari asosida yaratiladi. Bu qoidalar dvigatel quvvatini 400 kVtdan 420 kVtgacha oshirish, kinetik energiya motor-generatori quvvatini 350 kVtdan 300 kVtgacha kamaytirish va yoqilgʻi oqimini 5 foizga oshirishni nazarda tutadi. Kuch qurilmasini Mercedes-AMG yetkazib beradi, avtomobil esa yangi liveriyaga ega boʻladi.

Paketga Zak Braun va poygachilar bilan uchrashuvlar, rasmiy taqdimotga taklifnoma, shuningdek, Monako Gran-prisi, «Le-Manning 24 soati» va «Indianapolis 500» poygalariga kirish imkoniyati ham kiradi. Avtomobil topshirilgandan keyin undan McLaren muhandislari va mexaniklari koʻmagida namoyish poygalarida hamda trek kunlarida foydalanish mumkin boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media