Google DeepMind turli hujayra turlarida genlar faoliyatini prognoz qiluvchi sunʼiy intellektni taqdim etdi
AlphaGenome 2 modeli DNKdagi oʻzgarishlar muayyan hujayra turlarida, masalan, yurak mushagi yoki immun tizimi hujayralarida genlar faolligiga qanday taʼsir qilishi mumkinligini prognoz qiladi.

Google DeepMind modelni 11 noyabr kuni taqdim etdi. Avvalgi versiya bir vaqtning oʻzida koʻplab toʻqimalar va hujayra liniyalari uchun prognozlar tuzardi. AlphaGenome 2 esa berilgan hujayra turi yoki holatini hisobga oladi. Bu bir xil genetik variant toʻqima boʻyicha umumiy maʼlumotlarda taʼsirini aniqlash qiyin boʻlsa ham, qayerda gen faolligini oʻzgartirishi mumkinligini baholash imkonini beradi.
Modelni oʻqitish uchun ishlab chiquvchilar odam va sichqonlarning 68 turdagi toʻqimalaridan olingan 107 mln dan ortiq alohida hujayra profillaridan foydalangan. DeepMind maʼlumotlariga koʻra, model tadqiqotchilar taqdim etgan tajriba natijalaridan foydalanib, oʻqitish maʼlumotlarida boʻlmagan hujayra holatlari uchun ham prognozlar tuza oladi.
Bunday prognozlar kasalliklarni oʻrganishda laboratoriyada tekshirish lozim boʻlgan genetik variantlar doirasini toraytirishga yordam beradi. AlphaGenomeʼning birinchi versiyasi toʻqimalar darajasidagi prognozlar yetarli boʻlgan keng koʻlamli tadqiqotlar uchun hamon ochiq.
AlphaGenome 2 notijorat tadqiqotlar uchun API orqali mavjud. Tijoriy tadqiqot loyihalari uchun DeepMind hozircha undan yopiq dastlabki foydalanish rejimida foydalanish imkonini bermoqda.





