Apple xizmatlarida, jumladan App Store va iCloudʼda global uzilish
2026-yil 17-noyabrda Apple xizmatlarida, jumladan App Store va iCloudʼda global uzilish yuz berdi. Bu ayrim mamlakatlardagi internet trafigi cheklovlari bilan bogʻliq emas.
18-noyabr, 19:58По-русски

habr.com
Foydalanuvchilar Apple Pay va Apple ID bilan bogʻliq muammolarga duch keldi: iPhoneʼga ilovalar yuklanmayapti, akkauntga kirish yoki qurilmani faollashtirishning imkoni boʻlmayapti.
Apple Music va App Store ishlashida nosozliklar borligini maʼlum qildi. iCloudʼdagi muammolar barcha foydalanuvchilarga taʼsir koʻrsatdi: xizmat sekin ishlashi yoki umuman ishlamasligi mumkin.





