Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

AQShda yon xavfsizlik yostiqchalaridan kuyishlar haqidagi xabarlardan soʻng 1,24 mln Ford Explorer tekshiriladi

Amerika regulyatori avtomobil egalari yuborgan sakkizta shikoyat va jarohatlar haqidagi toʻrtta hisobotni oldi. Xabarlarda oldingi oʻrindiqlarga oʻrnatilgan yon xavfsizlik yostiqchalari ishga tushganidan soʻng ikkinchi va uchinchi darajali kuyishlar qayd etilgan.

10-noyabr, 11:50По-русски

Read in English

autonews.ru

AQSh Milliy avtomobil yoʻllari harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) Ford Explorer avtomobillarida haydovchilar va yoʻlovchilar kuyib qolgani haqidagi xabarlar yuzasidan dastlabki tekshiruvni boshladi. Tekshiruv 2021–2026 model yillariga tegishli taxminan 1 236 155 ta avtomobilni, jumladan, Police Interceptor Utility politsiya versiyalarini qamrab oladi.

Shikoyatlarda avariya paytida yon xavfsizlik yostiqchalari ishga tushganidan soʻng haydovchilar va oldingi oʻrindiqlardagi yoʻlovchilar kuyib qolgani tasvirlangan. Explorerʼning xizmat avtomobillaridan foydalangan politsiya xodimlari ham shunday jarohatlar haqida xabar bergan.

NHTSA tekshiruvni 6-noyabr kuni ochdi. Regulyator hodisalar tafsilotlari va muammoning ehtimoliy koʻlamini oʻrganmoqda. Ushbu tekshiruv yakunlari boʻyicha avtomobillarni qaytarib olish haqidagi qaror hozircha eʼlon qilinmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media