Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Windowsʼdagi eski zaiflik xakerga 1 mln.dan ortiq kredit karta maʼlumotini oʻgʻirlashga yordam berdi

Yangilanmagan POS-terminallar sabab xaker 1 mln.dan ortiq karta maʼlumotini oldi. Hujum 20 dan ortiq mamlakatdagi 700 dan ziyod qurilmaga taʼsir koʻrsatdi.

20-noyabr, 16:20По-русски

Read in English

habr.com

Kiberxavfsizlik tadqiqotchilari hujumchining himoyalanmagan serverini aniqladilar. Undan zararli dastur manba kodi, hujum vositalari va oʻgʻirlangan karta maʼlumotlarini boshqarish paneli topildi.

Buzib kirish uchun Windows Common Log File System drayveridagi imtiyozlarni oshirish zaifligidan foydalanilgan. Microsoft bu zaiflik uchun tuzatishni qariyb ikki yil avval chiqargan, biroq ayrim savdo terminallari ishlamay qolish xavfi, moslik muammolari yoki tuzatishlarni oʻrnatish past ustuvorlikka ega boʻlgani sabab yangilanmagan.

Tizimga kirish huquqi olingach, zararli dastur masofadan kirish troyanini oʻrnatgan. U toʻlov vaqtida hisob raqamlari, amal qilish muddati, BIN, chiqarilgan mamlakatlar, emitent banklar, maʼlumotlar olingan sanalar, karta turlari va brendlari haqidagi maʼlumotlarni toʻplagan. Serverda operatsion tizim versiyalari va joylashuvi koʻrsatilgan 782 ta terminal haqidagi maʼlumotlar ham aniqlangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Zararlangan qurilmalarning eng koʻpi Braziliyada boʻlgan, oʻgʻirlangan maʼlumotlar orasida esa Braziliya banklari kartalariga oid maʼlumotlar ustunlik qilgan. Tadqiqotchilar hujumchi shu mamlakatda boʻlishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Ehtimoliy jabrlanuvchilarga bank koʻchirmalarini tekshirish tavsiya etiladi. Shubhali operatsiyalar aniqlansa, bankka murojaat qilib, kartani qayta chiqarishni soʻrash kerak.