Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Riot League of Legends: New Dawnʼni taqdim etdi — 2027-yil yangilanishi

Riot Games 2027-yilga rejalangan League of Legends: New Dawn keng koʻlamli yangilanishini koʻrsatdi. U klient, Summonerlar darasi, vizual qism va oʻyin jarayoniga taʼsir qiladi.

15-noyabr, 16:33По-русски

Read in English

ign.com

Loyihaning ilk treyleri 2026-yilda League of Legends jahon chempionati finalida namoyish etildi. Riot Games toʻliq taqdimotni 2027-yil yanvarida oʻtkazishni rejalashtirmoqda, ammo aniq sana hozircha maʼlum qilinmagan.

Videoda chempion tanlash ekrani oʻzgargani, Summonerlar darasi bezagi yangilangani, minionlar, ajdarlar va Baron Nashorning yangi modellari koʻrinadi. Shuningdek, chempionlar qobiliyatlarining vizual effektlari va, ehtimol, qayta ishlangan runalar tizimi namoyish etilgan.

Treyler oʻyin jarayonidagi oʻzgarishlarga ham ishora qiladi. Jumladan, ishlab chiquvchilar xarita relyefining yangi konfiguratsiyasini koʻrsatdi. U oʻrmonchi pozitsiyasidagi oʻyinchilar uchungina emas, boshqa pozitsiyadagi oʻyinchilar uchun ham strategik variantlarni koʻpaytirishi kerak. Riot bu oʻzgarishlarning toʻliq koʻlamini hozircha oshkor qilmadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

League of Legends ijrochi prodyuseri Pol Beletsa New Dawnʼni oʻyin uchun yangi davrning boshlanishi deb atadi. 2009-yilda ishga tushirilganidan beri Riot Summonerlar darasi, klient, runalar va xarita relyefini allaqachon yangilagan, biroq kompaniya hozirgi loyihani bundan-da keng koʻlamli qayta ishlash sifatida taqdim etmoqda.

2026-yilda Riot eski xarita va chempionlar versiyalarini qaytargan League Classic rejimini ham chiqardi. Uning hozirgi ishga tushirilish davri 2027-yil yanvarida yakunlanadi; kelajakda rejim oʻzgartirilgan formatda qaytishi mumkin. Shu fonda New Dawn oʻyinni yanada rivojlantirishga urinish boʻladi, yangi bosqich qanchalik muvaffaqiyatli boʻlishini esa oʻyinchilarning munosabati belgilaydi.