Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

210 GB boʻsh joy yoʻqmi? «GTA VI» ishga tushgan kuni Xbox Cloud Gaming va Xbox Oneʼda

«GTA VI» 19 noyabr kuni Xbox Cloud Gamingʻda mavjud boʻladi va Xbox Oneʼda striming orqali ishlaydi. Xbox Series X|Sʼda oʻyinni bevosita oʻrnatish mumkin.

12-noyabr, 17:46По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Oʻyin hajmi 210 GB boʻladi, shu bois uni yuklash kamida 10 soat davom etishi mumkin. Konsolida joy yetishmaydigan foydalanuvchilar boshqa oʻyinlarni oʻchirishiga toʻgʻri kelishi mumkin. Bu ularning oʻyinga egalik huquqidan mahrum boʻlishini anglatmaydi: oʻchirilgan oʻyinlarni qayta oʻrnatish mumkin.

Xbox Series Xʼda oʻyinni Xbox konsollari orasidagi eng yuqori sifatli grafika bilan lokal ishga tushirish mumkin. Xbox Series S esa oʻrnatish uchun nisbatan hamyonbop variant boʻladi. Xbox One uchun faqat Xbox Cloud Gaming orqali bulutdan ishga tushirish koʻzda tutilgan. Biroq bulutda oʻynash uchun ham GTA VI oʻyinining oʻzini sotib olish kerak.

Xbox GTA VIʼni Microsoft Store tarixidagi eng koʻp oldindan buyurtma qilingan oʻyin deb atadi va oldindan yuklashni imkon qadar erta boshlashga chaqirdi. Bulut orqali translyatsiyada Xbox Series S grafik sozlamalaridan foydalaniladi. Rockstar Games maʼlumotiga koʻra, Xbox va PlayStation konsollarida oʻyin soniyasiga 30 kadr tezlikda ishlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Bulut orqali ishga tushirish birinchi kundan mavjud boʻladi, biroq hozircha brauzer, smart-televizor yoki Amazon Fire Stick kabi qurilmalar orqali oʻynab boʻlmaydi. Qoʻllab-quvvatlanadigan Xbox konsollaridan biri kerak. PlayStation oʻyinchilari hozircha bulut variantidan foydalana olmaydi.

Xbox 29 ta qoʻllab-quvvatlanadigan bozorda Game Pass obunasisiz ham bulutda oʻynash vaqtini sotib olishga ruxsat beradi. Bundan tashqari, yaqin oylar ichida Grand Theft Auto V va Red Dead Redemption 2 Xbox Cloud Gaming xizmatiga qoʻshilishi kutilmoqda.