Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Paramount va Warner Bros. Discovery birlashganidan keyin Skydance Games xodimlarini qisqartirdi

Skydanceʼning oʻyinlar boʻlinmasi xodimlar ishdan boʻshatilgani va bir nechta loyihaning koʻlami qisqartirilganini tasdiqladi. Kompaniya hozircha qancha xodim ishdan boʻshatilgani yoki qayta tashkil etish qaysi oʻyinlarga taʼsir qilganini maʼlum qilmadi.

11-noyabr, 14:33По-русски

Read in English

shazoo.ru

Qisqartirishlar Paramount Skydance va Warner Bros. Discovery oʻrtasidagi bitim yakunlanganidan biroz koʻproq bir oy oʻtib boshlandi. Skydance Games vakili Variety nashriga bergan bayonotida kompaniya resurslarini qaysi loyihalarga yoʻnaltirishini qayta koʻrib chiqqani, natijada ayrim ishlar va lavozimlarni qisqartirishga qaror qilganini aytdi.

Qisqartirishlar haqida birinchi boʻlib LinkedInʼdagi xodimlar xabar berdi. PC Gamer maʼlumotiga koʻra, atrof-muhit boʻyicha yetakchi rassom Dana Klaren ishdan ayrilgan 25 nafardan ortiq kishi, jumladan oʻzi ham bor roʻyxatni eʼlon qilgan. Katta dasturchi Rebekka Vessal esa ishdan boʻshatishlar uning jamoasining katta qismiga taʼsir qilganini maʼlum qildi.

Skydance New Media Marvel 1943: Rise of Hydra ustida ishlamoqda, Skydance Games esa Teenage Mutant Ninja Turtles: The Last Ronin oʻyinining nashriyotchisi hisoblanadi. Qayta tashkil etish ushbu loyihalar va Hogwarts Legacyʼning davomi taqdiriga qanday taʼsir qilishi hozircha nomaʼlum.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media