Motorolaʼning iPhone Duo raqobatchisi Razr Flex batafsil tasvirlarda sizdirildi
Buklanadigan Motorola Razr Flex smartfonining ikki rangdagi tasvirlari internetda paydo boʻldi. Model 2027-yil boshida chiqishi mumkin, uning narxi esa taxminan 1 799 dollarga baholanmoqda.

Renderlarda Dark Botanical Garden — yashil, Coriander esa jigarrang rangdagi versiya sifatida koʻrsatilgan. Orqa panellar toʻqilgan material va teriga oʻxshash qilib ishlangan. Smartfonda ikkita asosiy kamera bor, selfi-kameralari esa ikkala displeyga ham joylashtirilgan.
Diagonali 4,97 dyuym boʻlgan tashqi ekran keng va ixcham koʻrinishga ega. Ichki panel ham xuddi shunday keng formatda boʻlib, uning diagonali taxminan 7 dyuym boʻlishi kutilmoqda. Bunday korpus Razr Flexʼni iPhone Duo va Galaxy Z Fold 8’ga raqobatchi qilishi kerak.
Sharnir qurilmani yarim ochiq holatda ushlab turishi mumkin. Narxi hozircha tasdiqlanmagan: dastlabki maʼlumotlarga koʻra, smartfon taxminan 1 799 dollar turishi mumkin. Motorola yangi qurilmani 2027-yil boshida taqdim etishi kutilmoqda; eng ehtimoliy muddat sifatida yanvar oyida oʻtkaziladigan CES koʻrgazmasi tilga olinmoqda.





