Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avto

Honda Avancier yangi 7 oʻrinli gibrid sifatida taqdim etildi

Honda Yaponiya, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliya uchun yetti oʻrinli gibrid SUV Avancierʼni taqdim etdi. Bu ikki elektr motorli yangi oʻrta oʻlchamli platformadagi ilk model.

21-noyabr, 09:57По-русски

Read in English

carscoops.com

Avancier Hondaʼning yangi flagmani boʻladi va CR-Vʼdan yuqoriroq pogʻonaga joylashadi. Modelni AQShda sotish rejalashtirilmagan. Krossover C va D segmentidagi avtomobillar, jumladan SUV va sedanlar uchun moʻljallangan yangi platformaga ega. Honda avvalgi konstruksiyaga nisbatan yuqori mustahkamlikdagi poʻlat ulushini taxminan 40 foizga oshirdi va shu bilan birga platforma massasini kamaytirdi.

Honda uchun ilk bor DualPower eAWD toʻliq uzatmali tizimi qoʻllandi: alohida elektr motorlari old va orqa oʻqlarni boshqaradi. Orqa motor 50 kVt quvvatga ega. Elektronika tezlanish, tormozlanish va burilishni hisobga olgan holda tortish kuchi taqsimotini oʻzgartiradi. Bu, jumladan, qorli yoʻllarda barqarorlik va boshqaruv aniqligini oshirishi kerak.

Gibrid qurilma yangi 2,0 litrli toʻrt silindrli dvigatelni oʻz ichiga oladi. Yonish samaradorligini oshirish uchun Honda havo kirish tizimi, chiqindi gazlar kanalini sovitish tizimi va porshenlar shaklini takomillashtirdi. Kompaniya tizimning umumiy quvvati va tejamkorlik koʻrsatkichlarini hozircha oshkor qilmadi. Salon raqamli asboblar paneli, katta multimedia ekrani, yangi rul, uch qatorli oʻrindiqlar va 12 ta dinamikli Bose tizimi bilan jihozlangan. Barcha versiyalar dasturiy taʼminotni «havo orqali» yangilashni qoʻllab-quvvatlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media