Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Spotify va YouTube Musicʼdagi sunʼiy intellektli DJlarni taqqoslab, ikkalasidan ham voz kechdi

WIRED sharhlovchisi YouTube Music va Spotifyʼning ovozli boshlovchilarini sinab koʻrdi va choʻzilib ketgan izohlar hamda treklar haqidagi hikoyalardagi xatolar nega musiqa tinglashiga xalaqit berganini aytib berdi.

17-noyabr, 11:26По-русски
wired.com

YouTube Musicʼda sharhlovchi YouTube Labs orqali foydalanish mumkin boʻlgan eksperimental Beyond the Beat funksiyasidan bir necha oy foydalandi. U qoʻshiqlar orasida keyingi trek haqida ovozli izohni vaqti-vaqti bilan qoʻshib turadi. Muallifning kuzatuvlariga koʻra, bunday izohlar qariyb 30 soniya davom etishi mumkin edi.

Bir kuni mashgʻulot paytida boshlovchi Charli XCX ismini Charli XXC deb talaffuz qildi va Rock Music qoʻshigʻiga xonandaning gastrollari haqida uzoq hikoyani qoʻshib berdi. Boshqa safar esa u Olivia Rodrigoning Chappell Roan ishtirokidagi Expectations remiksini batafsil tahlil qildi, shundan keyin YouTube Music trekning original versiyasini yoqdi.

Spotifyʼda boshlovchi musiqani foydalanuvchining tinglash tarixi va soʻrovlariga qarab ham tanlaydi. Noyabr oyida servis ingliz tilidagi yetti va ispan tilidagi ikkita yangi ovozni qoʻshdi. Shuningdek, DJ funksiyasi mavjud mamlakatlardagi Premium obunachilariga qoʻshiqlar orasidagi izohlarni oʻchirib qoʻyish imkonini berdi. Biroq funksiya ishga tushirilganda yoki musiqiy tanlov almashtirilganda qisqa replikalar yangrashi mumkin.

Sharhlovchi Spotifyʼning ingliz tilidagi sakkizta ovozining barchasiga tegishli kirish qismlarini tingladi. Uning fikricha, replikalar YouTube Musicʼdagilarga qaraganda qisqaroq boʻlgan, ammo jonli nutqqa taqlid qilish uchun ishlatilgan parazit soʻzlar chalgʻitgan. Oxir-oqibat muallif ikkala funksiyadan ham voz kechdi. Shu bilan birga, Spotify DJ tinglovchilarining 80 foizi undan haftadan haftaga yana foydalanishini maʼlum qilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media