Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

The Sims yaratuvchisi xotiralardan kontent olish uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi

The Sims yaratuvchisi Uill Rayt kelasi yil uchun MyMems oʻyinini tayyorlamoqda: sunʼiy intellekt oʻyinchilarning xotiralarini personajlar va oʻyin olamlariga aylantiradi.

19-noyabr, 18:08По-русски

Read in English

arstechnica.com

MyMems loyihasini Gallium Studios studiyasi Artificial Agency bilan hamkorlikda ishlab chiqmoqda. Oʻyin xotiralar tasvirlaridan umumiy mavzularni ajratib oladi va alohida oʻyin hududlarini yaratadi — masalan, sport, sayohatlar, jarohatlar yoki oʻlim haqidagi hududlarni. Oʻyinchilar, shuningdek, qarindoshlari, doʻstlari va hamkasblari bilan boʻlishilgan umumiy xotiralar asosida olamlar yaratishlari mumkin.

Yaratilgan raqamli odamlar boshqotirmalarni yechish uchun jamoalarga birlashishi mumkin. Raytning tushuntirishicha, loyiha The Simsʼda aks ettirib boʻlmagan shaxsiy tajriba va xulq-atvor xususiyatlarini ham hisobga olishi kerak. Bu gʻoya 2018 yilda eʼlon qilingan Proxi mobil oʻyinidan kelib chiqqan, biroq 2024 yil oxirida moliyalashtirish yetishmagach, uning ishlab chiqilishi ommaviy qisqartirishlarga duch kelgan.

Artificial Agency oʻzining tadqiqot tizimini ishlab chiqish oʻrniga tayyor sunʼiy intellekt vositalarini taqdim etadi. Kompaniya bayonotiga koʻra, MemDNA texnologiyasi xotiralar asosida shaxsiy xulq-atvor modeli va bilimlar grafigini shakllantiradi, maʼlumotlarni mahalliy qurilmada va faqat foydalanuvchi ruxsati bilan qayta ishlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media