Endi Geminiʼni «shaxsiy moliyani tahlil qilish» uchun Google Wallet bilan sozlash mumkin
Google AQShdagi foydalanuvchilar uchun Google Walletʼni Geminiʼga joriy qila boshladi. Ulanish xarajatlar va byudjetlar haqida javob beradi, ammo xizmat faqat oʻqish rejimida ishlaydi.

AQShda Google Google Wallet integratsiyasini Gemini bilan bosqichma-bosqich joriy qila boshladi. Funksiya Android va iOS ilovalari, shuningdek, veb-versiya foydalanuvchilari uchun mavjud.
Ulangandan soʻng Gemini xarajatlar tarixini tahlil qilishi va byudjetni rejalashtirishga yordam berishi mumkin. Masalan, servis pul oqimlari, aktivlar taqsimoti va byudjet boʻyicha grafiklar tuzadi, obuna xizmatlari uchun takroriy toʻlovlarni topadi hamda ularning narxi oshganini qayd etadi.
Gemini soʻnggi bir yildagi tranzaksiyalar asosida sovgʻalar va safarlarga ketgan xarajatlarni ham baholashi, shuningdek, bayramlar davri uchun byudjet taklif qilishi mumkin. Moliyani batafsilroq tahlil qilish uchun banklardagi va kredit kartalaridagi hisoblarni Plaid orqali Google Walletʼga xavfsiz ulash mumkin.
Integratsiya foydalanuvchining xohishiga koʻra yoqiladi va istalgan vaqtda oʻchirib qoʻyilishi mumkin. Gemini faqat oʻqish huquqiga ega: u pul oʻtkaza olmaydi, mablagʻlarni boshqara olmaydi yoki investitsiya qila olmaydi.





