Brian Fargo: Clockwork Revolutionʼda «Taxtlar oʻyini»ning sakkiz faslidan koʻproq matn boʻladi
inXile Entertainment asoschisi Brian Fargo Clockwork Revolution ssenariysida «Taxtlar oʻyini»ning sakkiz fasli ssenariysidan koʻproq matn boʻlishini aytdi. Oʻyin 2027-yilda chiqadi.

Fargoning aytishicha, loyiha kichik oʻyin sifatida boshlangan, biroq asta-sekin inXile Entertainmentʼning eng yirik va eng ambitsiyali loyihasiga aylangan. Hozir uning ssenariysi taxminan 750 000–950 000 soʻzdan iborat — bu «Taxtlar oʻyini»ning barcha sakkiz fasli ssenariysidan koʻp.
Ishlab chiquvchining soʻzlariga koʻra, voqealar rivojining barcha variantlarini koʻrish uchun oʻyinni bir marta oʻynashning oʻzi yetarli boʻlmaydi. Oʻyinchining qarorlari yakuniy aktga taʼsir qilishi kerak: tanlovga qarab, boshqa shaharda, boshqa rahbariyat orasida va boshqa ittifoqchilar bilan qolish mumkin.
Clockwork Revolution voqealari Avalon nomli steampunk megapolisida kechadi. Oʻyinchi Morgan Vanett ismli bandit rolini oʻz zimmasiga oladi hamda hozirgi zamon va asosiy voqealardan 25 yil oldingi oʻtmish oʻrtasida harakatlana oladi. Qahramonning asosiy raqibi sirli va qudratli Ledi Ayronvud boʻladi.
Oʻyinda personajlar muharriri, tarmoqlangan dialoglar, murakkab hikoyalash tizimi va qora hazil boʻlishi aytilgan. Reliz 2027-yilda PC, Xbox Series X va S, shuningdek, Game Pass uchun rejalashtirilgan. Konsollarda loyiha Xbox uchun eksklyuziv boʻladi.





