Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Devolver hayvonlar va oʻsimliklar armiyalariga ega autobattler — All Army Attackʼni eʼlon qildi

Devolver Digital va BlackLight Games studiyasi avtomatik janglar hamda rog­layk elementlariga ega All Army Attack oʻyinini taqdim etdi. Kompyuterlar uchun reliz 2027-yilga moʻljallangan, bepul demo esa Steamʼda 2026-yil 16–23-noyabr kunlari ochiq boʻladi.

11-noyabr, 12:54По-русски

Read in English

Источник изображений: Devolver Digital / cdn.3dnews.ru

Tizerda Devolver oʻzining ilk «AAA-oʻyinini» taqdim etishga vaʼda bergan edi. Bu qisqartma ortida All Army Attack nomi yashiringan. Eʼlon bilan birga noshir oʻyinning ilk geympley treylerini ham namoyish etdi.

Oʻyinchilar hayvonlar va oʻsimliklardan iborat armiya tuzib, kosmik tahdidga qarshi turishlari kerak boʻladi. Jangchilar avtomatik ravishda kurashadi, oʻyinchi esa otryad tarkibini tanlaydi va resurslarni nimaga sarflashni hal qiladi: jangchilarni kuchaytirishgami yoki qoʻshimcha kuch chaqirishgami. Oʻyin davomida kichik otryad bosslar bilan jang qila oladigan armiyaga aylanadi.

Oʻyinni Cluckmech Oasisʼni chiqargan BlackLight Games ishlab chiqmoqda. Steam sahifasida rus tilidagi matnli lokalizatsiya koʻrsatilgan. Demo Steamʼning autobattlerlar festivalida chiqadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media