Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avto

Honda CR-V 2028-yilda yangi platforma va faqat gibrid tizim oladi

Ishlab chiqaruvchi 2028-yilgi CR-V tafsilotlarini ochiqladi: krossover butunlay yangilanadi, faqat gibrid tizimga oʻtkaziladi va yangi platformaga quriladi.

13-noyabr, 17:05По-русски

Read in English

roadandtrack.com

Yangi arxitektura kuzov bikrligini oshiradi va avtomobil massasini amaldagi modelga nisbatan kamaytiradi. U yanada modulli qilib ishlab chiqilgan, bu turli modellar oʻrtasida koʻproq detallarni birxillashtirish imkonini beradi.

Gibrid tizim avval qoʻllangan ikki elektr motorli sxemaning rivojlantirilgan varianti boʻladi. Ishlab chiqaruvchi dvigatelning eng samarali rejimda ishlash diapazonini kengaytirish va gibrid qurilmaning oʻz samaradorligini oshirish hisobiga yonilgʻi tejamkorligini 10 foizga yaxshilashni koʻzlamoqda. Toʻrt silindrli Atkinson siklli dvigatel koʻproq quvvat oladi.

CR-V uchun yangi elektr toʻliq yuritma tizimi ham tayyorlanmoqda. Ishlab chiqaruvchi haydash zavqi bilan bogʻliq keyingi yaxshilanishlarni vaʼda qilmoqda, biroq hozircha tafsilotlarni keltirmadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Tizer sifatida faqat toʻq koʻk metallik rangdagi kuzovda joylashgan yangi CR-V logotipi koʻrsatildi. Uning dizayni hozirgi yozuvga nisbatan burchakliroq boʻlgan, biroq krossoverning tashqi koʻrinishi hozircha ochiqlanmadi.

Keyingi avlod Shimoliy Amerikada ishlab chiqarilishini davom ettiradi. Ishlab chiqarish uchta zavod oʻrtasida taqsimlanadi: AQShdagi ikkita va Kanadadagi bitta zavod.