VK: HEGM bir seansda koʻrilgan videolar sonini 10% oshirdi
AI VK Research usuli «VK Kliplar»ga joriy qilindi. Kompaniya maʼlumotiga koʻra, 10 soniyadan uzun videolar koʻrishlari 6% ga oshdi.

HEGM (Hierarchical Exponential-Gaussian Mixture) modelini AI VK Research tadqiqotchilari ishlab chiqdi. Model oʻzaro taʼsirning oʻrtacha davomiyligidan tashqari, tomoshabinning tez varaqlab oʻtishdan tortib videoni toʻliq koʻrish va qayta koʻrishgacha boʻlgan turli xatti-harakatlarini ham hisobga oladi. U oʻzaro taʼsirning ehtimoliy davomiyligini hisoblaydi va bir vaqtning oʻzida kontentga qiziqishning bir nechta koʻrsatkichlarini bashorat qiladi.
Usul KuaiRec va VK-LSVD ochiq maʼlumotlar toʻplamlarida, shuningdek, 282 mln anonimlashtirilgan foydalanuvchi oʻzaro taʼsiridan iborat ichki tanlanmada sinovdan oʻtkazildi. Testlarda HEGM oʻrganilgan boshqa yechimlarga qaraganda yuqoriroq reytinglash sifatini koʻrsatdi. «VK Kliplar»da joriy etilgach, dislayklar soni ham 8% ga kamaygani qayd etildi.
Ishlanmadan musiqiy striming xizmatlari, reklama tizimlari va internet-doʻkonlarda treklarni tinglash, reklamalarni koʻrish hamda mahsulot kartochkalarini koʻrib chiqishni prognozlash uchun foydalanish mumkin.
Ilmiy ish IEEE ICDM 2026 konferensiyasiga qabul qilindi. Model kodi GitHubʼda eʼlon qilindi.





