Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Android flagmanlari 2027-yilda ikki qatlamli OLED olishi mumkin

Digital Chat Station: Android-smartfon ishlab chiqaruvchilari 2027-yil flagmanlari uchun ikki qatlamli OLEDʼni koʻrib chiqmoqda. U Motorola va Honorʼning ayrim modellarida allaqachon bor.

13-noyabr, 19:56По-русски

Read in English

ixbt.com

Weiboʻdagi post muhokamasida bir foydalanuvchi BOE va Visionoxʼning oʻz ikki qatlamli OLED panellari borligini taxmin qildi. Insayder bunday ishlanmalarni TCL CSOT va Tianma ham olib borayotganini aniqlashtirdi. Bu Xitoydagi barcha asosiy displey ishlab chiqaruvchilari bunday ekranlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi mumkinligini anglatadi.

Ikki qatlamli OLED ekranlarda organik yorugʻlik chiqaruvchi materiallarning ikki qatlami qoʻllanadi. Bunday tuzilma panel yorqinligi va xizmat muddatini oshirishi, shuningdek, energiya sarfini potensial ravishda kamaytirishi mumkin.

Bunday displeyga ega ilk seriyali smartfon Honor Magic6 RSR Porsche Design boʻldi. Panel BOE bilan hamkorlikda ishlab chiqildi va Dual Light Oasis Eye Protection Screen deb nomlandi. Uning HDRʼdagi choʻqqi yorqinligi 5000 nitga yetadi, ishlab chiqaruvchi eʼlon qilgan resursi esa oddiy bir qatlamli ekrannikidan olti baravar yuqori.

Keyingi avlod — Honor Magic7 RSRʼda kompaniya ikki qatlamli sxemadan voz kechib, bir qatlamli Oasis panelini tanladi. Shu bilan birga, ikki qatlamli OLED oʻtgan hafta taqdim etilgan Motorola Signature 27 modelida paydo boʻldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media