Mercedes-Benz GLA Electric — sinov: baland kuzovli CLA
Mercedes-Benz GLAʼning uchinchi avlodini, avvalo, MMA platformasidagi elektromobil sifatida tayyorlamoqda. EVga tayyor boʻlmagan xaridorlar uchun gibrid versiyalar koʻzda tutiladi.
24-noyabr, 13:50По-русски

handelsblatt.com
Yangi GLA xetchbek kuzovli CLA sedaniga nisbatan balandroq muqobil boʻladi, biroq yetti oʻrinli GLBdan farqli ravishda ixcham oʻlchamlarini saqlab qoladi. Model premium formatni moʻtadil yoʻltanlamas koʻrinish bilan uygʻunlashtiradi.
Elektr GLA CLA va GLB singari MMA platformasida qurilgan. Gibrid variantlar elektr tortish tizimiga oʻtishga hali tayyor boʻlmagan mijozlarni saqlab qolishga xizmat qilishi kerak.
Ushbu oilaviy modellar ichki yonuv dvigatelli avvalgi GLA hamda EQA elektromobilining oʻrnini bosishi koʻzda tutilgan.





