Samsung Galaxy S27 kameralari: Pro versiyasi pastroq aniqlikdagi telefoto oladi
Oqishga koʻra, Samsung Galaxy S27’ning toʻrt modelini tayyorlamoqda. Pro versiyasi 3 karra zumli 10 MP telefoto oladi — avvalgi variantlardan pastroq.

Kutilishicha, seriyaga Galaxy S27, Galaxy S27+, Galaxy S27 Pro va Galaxy S27 Ultra kiradi. Bazaviy va Plus versiyalarida kameralar toʻplami bir xil boʻladi: 50 MP asosiy kamera, 12 MP ultra keng burchakli kamera va 3 karra zumli telefoto modul.
Galaxy S27 Pro va Galaxy S27 Ultra bir xil 200 MP asosiy kamera, 50 MP ultra keng burchakli modul va 16 MP old kameraga ega boʻladi. Asosiy farq telefoto modullarda: Pro versiyasiga 3 karra zumli 10 MP modul, Ultraʼga esa 5 karra zumli 50 MP kamera oʻrnatiladi.
Oqishga koʻra, Pro telefoto kamerasi uchun Samsung S5K3LD sensori ishlatiladi. Nashr maʼlumotiga koʻra, xuddi shu modul Galaxy S26 Ultra telefoto kamerasida ham oʻrnatilgan. Avval Pro uchun 50 MP va 5 karra zumli, 50 MP va 3,5 karra zumli, shuningdek 12 MP va 3 karra zumli kameralar konfiguratsiyalari muhokama qilingan.
Galaxy S27 va S27+ asosiy kameralarida Sony IMX955 yoki Samsung S5KGNG sensori, ultra keng burchakli kamerada esa Sony IMX564 sensori ishlatilishi mumkin. Pro va Ultra asosiy kameralari uchun Samsung S5KHP6, old kamera uchun esa Samsung S5K2P5 koʻrsatilgan. Sensorlarning yakuniy tanlovi hozircha tasdiqlanmagan.





