Xotira chiplarining tanqisligi avtomobillarni hashamat buyumlariga aylantirmoqda
Sunʼiy intellekt bumi sabab avtomobil ishlab chiqaruvchilar DDR xotirasi tanqisligiga duch keldi: chiplar qimmatlashmoqda, Xitoy avtomobillari esa minglab yuanga qimmatlamoqda.

DDR ishlab chiqaruvchilari komponentlarni, avvalo, sunʼiy intellekt tizimlarini ishlab chiquvchilarga ajratmoqda. Avtomobil kompaniyalari navbatning oxirida qolmoqda va yagona jahon narxini belgilaydigan yirik yetkazib beruvchilar bilan narx boʻyicha kelisha olmayapti. Boschning Xitoydagi boʻlinmasi prezidenti xotira narxlarining oshishi kompaniya xarajatlarini 2 mlrd yevrodan koʻproqqa oshirganini maʼlum qildi.
Bosch bahosiga koʻra, elektronikasi kam boʻlgan Xitoyning eng arzon avtomobillari shu sababli 2–3 ming yuanga qimmatlamoqda. Elektromobillar narxining oʻsishi 10–20 ming yuanni tashkil etadi. General Motors ishlab chiqarish xarajatlari 1,5–2 mlrd dollarga oshishini kutmoqda, BYD esa avtomobillar uchun dasturiy taʼminot paketlari narxini allaqachon 20 foizga oshirdi.
Ayrim avtomobil ishlab chiqaruvchilar boshqa yoʻlni tanlab, alohida funksiyalardan voz kechish orqali komplektatsiyalarni soddalashtirishi mumkin. Qaysi variant asosiy boʻlishi 2027-yilda maʼlum boʻlishi kerak.





