Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Intel hamkorlari Xeon 7 Diamond Rapidsʼli ishlayotgan serverlarni ilk bor koʻrsatdi

Intel hamkorlari SC26’da Xeon 7 Diamond Rapidsʼli ishlayotgan tizimlarni ilk bor koʻrsatdi; serverlardan biri kuchli shovqin sabab oʻchirildi.

21-noyabr, 11:19По-русски

Read in English

3dnews.ru

Intelning oʻzi Diamond Rapidsʼni namoyish etmadi, balki Xeon 6+ va D270 tezlatkichlariga eʼtibor qaratdi. Kompaniya hamkorlari, jumladan Bull, protsessorlarni koʻrsatdi: Bull oynali vitrina ortida suyuqlik bilan sovitiladigan Bullsquana XH31600 serverini namoyish etdi. Chiplar qopqogʻida «Intel confidential» yozuvi va «Q» harfi bilan boshlanuvchi kod bor edi, bu ularning muhandislik namunalari ekanini koʻrsatadi.

Konferensiyaning ilk kunida Diamond Rapidsʼli server CXL stendida ishladi, biroq keyin shovqin yuzasidan shikoyatlar sabab oʻchirildi. Boshqa namoyishda Xeon 6 va Diamond Rapids asosidagi tizimlar CXL interfeysi orqali tashqi xotira havzasidan birgalikda foydalandi. Uning hajmi 256 GB edi.

Dell va Asus ham yangi protsessorlar uchun LGA 9324 soketli serverlarni koʻrsatdi, biroq chipning oʻzini koʻrish faqat Bull stendida mumkin edi. Diamond Rapidsʼda 256 tagacha unumdor P-yadro boʻladi va 16 kanalli DDR5 xotira qoʻllab-quvvatlanadi. Intel Xeon 7 2027-yilda chiqishini maʼlum qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media