Samsung Galaxy S28 Pro va Ultraʼda oʻzgaruvchan diafragmani qaytarishi mumkin
Insayder Yogesh Brar Galaxy S28 Pro va Galaxy S28 Ultra oʻzgaruvchan diafragmali kameralarga ega boʻlishi mumkinligini aytdi. Hozircha bu Samsungning ehtimoliy rejalari, xolos.

Brar bu haqda X ijtimoiy tarmogʻida yozib, «qaytishi mumkin» degan iborani ishlatgan. Shu sababli kelajakdagi smartfonlarda bunday funksiya boʻlishi hozircha tasdiqlanmagan: gap faqat kompaniya amalga oshirishi mumkin boʻlgan rejalar haqida ketmoqda.
Oʻzgaruvchan diafragma kamera matritsasi oldidagi teshik oʻlchamini oʻzgartiradi. Bu suratga olishda yorugʻlik miqdori va maydon chuqurligini boshqarish imkonini beradi — masalan, kuchli yorugʻlikda ekspozitsiyani kamaytirish yoki fonni koʻproq xiralashtirish mumkin.
Bu Samsung flagmanlariga texnologiya qaytishi mumkinligi haqidagi ilk sizdirilgan maʼlumot emas. Galaxy S26 chiqishidan oldin bu funksiya Ultra versiyasida boʻlishi kutilgandi, ammo bunday boʻlmadi. Keyinroq Galaxy S27 seriyasi haqida ham shunga oʻxshash maʼlumotlar paydo boʻldi, biroq avgustda ular rad etildi.
Brarning soʻzlariga koʻra, boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari ham oʻzgaruvchan diafragmaga qiziqmoqda. Ushbu yechimning iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellarida paydo boʻlishi unga qoʻshimcha eʼtibor qaratishi mumkin. Samsungning oʻzi bunday tizimdan 2018 yilda taqdim etilgan Galaxy S9’da foydalangan.
Avvalroq Brar hali chiqmagan Redmi A1, Pixel 7, Pixel 7 Pro va OnePlus 11 smartfonlarining xususiyatlarini eʼlon qilgan. Keyinchalik bu maʼlumotlar tasdiqlangan, ammo bu Galaxy S28 haqidagi maʼlumotlarni rasmiy qilmaydi.





