Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Ilm-fan

Olimlar qora tuynuklar shakllanishining yangi mexanizmi ehtimoliy belgilarini aniqladi

LIGO–Virgo–KAGRA tarmogʻi maʼlumotlari tahlili massiv yulduzlarning sokin qulash jarayonida paydo boʻlgan boʻlishi mumkin boʻlgan qora tuynuklarning alohida guruhiga xos belgilarni aniqladi. Hozircha buning bevosita dalillari yoʻq.

23-noyabr, 12:22По-русски

Read in English

sciencedaily.com

Kaliforniya texnologiya instituti rahbarligidagi olimlar soʻnggi oʻn yil ichida gravitatsion toʻlqinlar tarmogʻi qayd etgan 257 ta qoʻshilishdan olingan qora tuynuklar massalarini tahlil qildi. Obyektlarning qariyb toʻrtdan uch qismi massasi taxminan 10 Quyosh massasiga teng edi.

Shu bilan birga, tadqiqotchilar massasi 12 dan 16 Quyosh massasigacha boʻlgan qora tuynuklar yetishmasligini aniqladi. Massasi taxminan 10 Quyosh massasiga teng obyektlarning aylanish tezliklari diapazoni ham umumiy tanlanmadagi qora tuynuklarnikiga qaraganda torroq boʻlgan.

Kaltech fizika professori Katerina Chatziioannouning soʻzlariga koʻra, bu bunday guruhdagi obyektlarning umumiy kelib chiqishiga ishora qilishi mumkin. Ehtimoliy ssenariylardan biri — massiv yulduzlar supernova sifatida portlamay, toʻgʻridan-toʻgʻri qora tuynuklarga siqilgan. Hozircha bunday supernovalarning aniq tasdiqlangan misollari yoʻq, shu bois mualliflar keyingi tadqiqotlar zarurligini taʼkidlaydi. Ish Physical Review D jurnalida chop etilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media