Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

RTX 5060 Ti va RX 9060 XTʼda sakkiz kontaktli ulagichlar eridi

GeForce RTX 5060 Ti 16GB va Radeon RX 9060 XT egalari deyarli bir vaqtda quvvat ulagichlari eriganini bildirdi. Kartalarning TDP koʻrsatkichi mos ravishda 180 va 160 Vt.

18-noyabr, 22:02По-русски

Read in English

ixbt.com

JudicialMuscle taxallusli foydalanuvchi GeForce RTX 5060 Ti 16GBʼdagi erib ketgan ulagich haqida yozdi. Radeon RX 9060 XTʼda shunga oʻxshash holatni ThanksKooky118 tasvirladi.

Har ikki videokarta oʻrta segmentga mansub va nisbatan kam energiya sarflaydi. Taqqoslash uchun, aksariyat RX 9070 XT kartalari 300 Vtdan ortiq quvvat sarflagan holda uchta sakkiz kontaktli ulagich bilan jihozlanadi. Qayd etilgan holatlar avval kuchliroq videokartalar bilan bogʻlangan 12V-6x2 ulagichidagi muammolardan farq qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media