Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Calif startapi AI yordamida Java OpenJDKʼda kritik zaiflikni aniqladi

AQShning Calif startapi AI yordamida Javaʼni ishga tushirish muhiti — OpenJDKʼda kritik zaiflikni aniqladi. Unga koʻra, hujum masofadan, parol va tizimga kirishsiz amalga oshirilishi mumkin.

19-noyabr, 15:26По-русски

Read in English

ru.euronews.com

Seshanba kuni Calif OpenJDKʼning xotira bilan ishlash mexanizmidagi xato haqida xabar berdi. Java4Shell deb nomlangan zaiflik autentifikatsiya, fayllarni yuklash va tarmoq xabarlarini uzatishda qoʻllanadigan Base64 dekodlash moduli bilan bogʻliq.

Muammo x86064 protsessorining maxsus koʻrsatmalari yordamida katta hajmdagi maʼlumotlarni tezlashtirilgan tarzda qayta ishlashda yuzaga keladi. Hujumchi maxsus tuzilgan kodni yuborib, xotiradagi maʼlumotlarni qayta yozishi va administrator huquqlarini qoʻlga kiritishi mumkin. Shundan soʻng u shtatdagi IT-muhandislar vakolatlari bilan zararli dasturlarni ishga tushirishi, shuningdek, Java asosidagi maʼlumotlar, platformalar va servislarni nishonga olishi mumkin.

Javaʼdan Fortune 500 roʻyxatidagi kompaniyalarning 90 foizi foydalanadi. Til bank va moliyaviy servislar, bulut infratuzilmasi, katta maʼlumotlar tizimlari, aviatsiya, telekommunikatsiyalar, sogʻliqni saqlash hamda ulangan qurilmalarda qoʻllanadi.

Ommaga eʼlon qilinishidan oldin Calif «Besh koʻz» alyansi va eng yirik bulut provayderlari bilan harakatlarni muvofiqlashtirdi. Bu himoyachilarga tuzatishlarni tayyorlash uchun vaqt berishi kerak edi. Yevropa kiberxavfsizlik organlari Oracle va ochiq kodli loyihalarning boshqa ishlab chiquvchilari yangilanishlarini kuzatmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media