Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

GDC soʻrovi: AI koʻproq qoʻllanmoqda, PS6 va Xbox Project Helix loyihalari kam

Generativ sunʼiy intellektdan foydalanuvchi oʻyin industriyasi mutaxassislari ulushi 40% ga yetdi. PS6 va Xbox Project Helix uchun esa atigi 10% va 8% ishlamoqda.

13-noyabr, 21:33По-русски

Read in English

ign.com

GDC Festival of Gaming tashkilotchilari oʻyin industriyasining holatiga bagʻishlangan yillik soʻrov natijalarini eʼlon qildi. Generativ sunʼiy intellekt ish vazifalarida qoʻllanmoqda, biroq texnologiyaga munosabat turlicha: ayrim mutaxassislar takroriy operatsiyalarni avtomatlashtirish, tadqiqotlar va prototiplar yaratishdagi foydasini koʻrsa, boshqalari ekologik, ruhiy va ijtimoiy xatarlarga ishora qilmoqda.

Yangi konsollar uchun oʻyin ishlab chiqish hali ommalashmagan. Switch 2 uchun oʻyin yaratishga qiziqish qariyb 10% ga oshib, bu yil 47% ga yetdi. Shu bilan birga, virtual, kengaytirilgan va aralash reallik uchun oʻyinlar ustida ishlayotgan mutaxassislar ulushi 3% gacha kamaydi.

AQShdagi oʻyin industriyasi xodimlari orasida kasaba uyushmalari tuzilishini qoʻllab-quvvatlash biroz kamaydi — 82% dan 80% gacha. Biroq soʻrov qatnashchilarining 15% kasaba uyushmasi aʼzosi ekanini bildirgan; bir yil avval bu koʻrsatkich 12% edi.

Ish bilan bogʻliq muammolar ishlab chiquvchilarning ruhiy holatiga ham taʼsir koʻrsatdi. Respondentlarning 65% ishi va uzoq davom etadigan ish kuni ruhiy salomatligiga salbiy taʼsir qilganini aytdi. Soʻnggi ikki yil ichida soʻralganlarning uchdan biri qisqartirishga uchragan, ularning uchdan ikki qismi esa ishini soʻnggi bir yil ichida yoʻqotgan. Hozir qatnashchilarning 21% ishsiz qolmoqda — bu avvalgi hisobot natijasidan yuqori.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media