Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Disney va Adobe studiyalar, parklar hamda ESPN uchun AI modellarini ishlab chiqadi

Modellar Disney qahramonlari, dekoratsiyalari va vizual uslublariga moslashtiriladi. Koʻp yillik kelishuvga koʻra, kompaniya grafikalar va video bilan ishlash uchun Adobeʼning yangi vositalaridan erta foydalanish imkoniga ham ega boʻladi.

10-noyabr, 12:12По-русски

Read in English

theverge.com

The Walt Disney Company va Adobe 9 noyabr kuni Adobe MAX konferensiyasida koʻp yillik hamkorlik haqida eʼlon qildi. Kompaniyalar Adobe Firefly Foundry bazasida Disneyʼning ichki ishlab chiqarish vazifalari uchun generativ modellarni birgalikda ishlab chiqadi.

Modellarni ishlab chiqishda Disney qahramonlari, xayoliy olamlari va vizual uslublarining oʻziga xos jihatlari hisobga olinadi. Kompaniyalar rejasiga koʻra, rassomlar bu vositalardan ish jarayonida — gʻoya izlashdan tortib ishlab chiqarish uchun materiallar tayyorlashgacha — qanday foydalanishni belgilaydi.

Disney yangi Firefly, Premiere va Photoshop texnologiyalaridan erta foydalanish imkoniga, shuningdek, Adobe muhandislarining koʻmagiga ega boʻladi. Hamkorlik Walt Disney Studios faoliyatini, Disney parklari va kruizlari uchun loyihalar ishlab chiqishni, shuningdek, ESPN kontentini ishlab chiqarishni qamrab oladi. Walt Disney Imagineering boʻlinmasi tematik parklar loyihalari ustida ishlashda Fireflyʼdan allaqachon foydalanmoqda.

ESPN uchun kompaniyalar sunʼiy intellekt sport kontenti va grafikalarini tayyorlashga qanday yordam berishi mumkinligini oʻrganishni rejalashtirmoqda. Kelishuvning moliyaviy shartlari va qoʻshma modellarni ishga tushirish muddatlari anonsda oshkor etilmadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media